Tibbiyot yutuqlari amaliyotda qo‘llanadi
Farg‘ona shahridagi "Farg‘ona ekspo" markazida plastik jarrohlik, kosmetologiya, estetik tibbiyot va sog‘lom uzoq umr ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan "ATLAS" birinchi xalqaro ko‘p tarmoqli kongressining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan nufuzli xalqaro anjumanda Rossiya, Italiya, Fransiya, Braziliya, Polsha, Janubiy Koreya, Isroil, Latviya, Belarus, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kabi mamlakatlardan kelgan yetakchi mutaxassislar, olimlar va ekspertlar, shuningdek, yurtimizning turli hududlaridan soha vakillari ishtirok etmoqda.




Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov ishtirok etib, anjuman qatnashchilarini qutladi.
Bugungi kunda inson salomatligini asrash, hayot sifatini yaxshilash va sog‘lom uzoq umr ko‘rish uchun zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan samarali foydalanish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Muhammadjon Obidov,
O‘zA