Kanallar betonlaştirilib, suv isrofi kamaymoqda
Mirzaobod tumanida suv resurslaridan oqilona foydalaniş, irrigatsiya tarmoqlaridagi yöqotişlarni kamaytiriş va ekin maydonlarini barqaror suv bilan taʼminlaş borasidagi işlar izçil davom etmoqda. Xususan, Yangiobod hududidagi 8,6 kilometr uzunlikdagi «Döstlik-3» kanali betonlaştirilib, foydalanişga topşirildi. Buning uçun davlat byudjetidan 9 milliard söm mablağ yönaltirildi.
Kanalning beton qoplama bilan mustahkamlanişi suvning yerga singişi va oqiş jarayonidagi yöqotişlarni kamaytirib, uni isteʼmolçilarga samarali hamda barqaror yetkazib beriş imkonini beradi. Bu esa fermer xöjaliklarining ekin maydonlarini öz vaqtida suğoriş va aholining suv taʼminotini yaxşilaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
— Amalga oşirilgan işlar aholi va fermer xöjaliklarini suv bilan taʼminlaş sifatini oşiriş, mavjud resurslardan unumli foydalaniş borasidagi muhim qadam böldi, — deydi Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Obid Ahmatqulov.
Kanalning foydalanişga topşirilişiga bağişlangan tadbirda tuman nuroniylari, suv yetkazib beriş xizmati davlat muassasasi xodimlari, soha mutasaddilari hamda jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.
Bunday işlar viloyatning boşqa hududlarida ham amalga oşirilmoqda. Jumladan, Sayxunobod tumanining Böston hududidan oqib ötuvçi «Öng tarmoq-4» kanali hamda Guliston tumanidagi «Paxtakor» kanali ham betonlaştirilib, foydalanişga topşirildi. Uşbu loyihalarni amalga oşiriş uçun «Öng tarmoq-4» kanaliga 12 milliard söm, «Paxtakor» kanaliga esa 7 milliard söm mablağ ajratildi.
— Irrigatsiya tarmoqlarini betonlaştirişdan asosiy maqsad suv yöqotişlarining oldini oliş, tarmoqlarning texnik holatini yaxşilaş va mavjud suv resurslaridan samarali foydalanişdir. Eng muhimi, bu yönalişdagi işlar izçil davom ettirilmoqda. Zero, suvni tejaş — bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri, — dedi Obid Ahmatqulov.
Suv tanqisligi tobora dolzarblaşayotgan bugungi şaroitda irrigatsiya infratuzilmasini takomillaştiriş, kanallarni betonlaştiriş va suv yöqotişlarini kamaytiriş muhim ahamiyatga ega. Zero, har bir tomçi suvni tejaş nafaqat bugungi hosildorlikni taʼminlaş, balki kelajak avlodlar uçun ham bebaho resursni asrab-avaylaş demakdir.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri