JSTga aʼzo böliş: erişilgan natijalar va ustuvor vazifalar sarhisob qilindi
Toşkentda Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga (JST) aʼzo böliş jarayonining joriy holati va navbatdagi ustuvor vazifalariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.
Tadbirda Özbekistonning JSTga aʼzo bölişi böyiça Işçi guruh raisi, elçi Sung-Yo Çoy, JST Kotibiyatining Aʼzolik bölinmasi direktori Mayka Oşikava hamda tegişli davlat idoralari vakillari iştirok etdi. Unda mamlakatimizning taşkilotga aʼzo bölişi doirasida amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar, muzokaralarda erişilgan natijalar va kelgusidagi muhim vazifalar haqida atrofliça maʼlumot berildi.
Qayd etilganidek, 2026-yilda Işçi guruhning 12- va 13-yiğilişlari ötkazildi. Uşbu tadbirlar doirasida aʼzo davlatlar tomonidan berilgan 400 dan ortiq savollarga javoblar hamda 30 dan ziyod tegişli hujjat taqdim etildi. Şuningdek, tovarlar va xizmatlar bozorlariga kiriş böyiça ikki tomonlama muzokaralarda sezilarli natijalarga erişildi.

Anjumanda taʼkidlanganidek, Özbekistonning JSTga aʼzo bölişi taşqi savdo imkoniyatlarini kengaytiriş, investitsiya muhitini yaxşilaş, milliy iqtisodiyot raqobatbardoşligini oşiriş hamda mamlakatning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalaşuvini çuqurlaştirişga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA