Jo‘qorg‘i Kenges raisi kubogi g‘oliblari taqdirlanishdi
Qorao‘zak tumani sport maktabida Qorao‘zak tumani sport maktabida voleybol bo‘yicha 30 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davomida qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida g‘olib jamoalar aniqlandi. Birinchi o‘rinni Qorao‘zak tumani, ikkinchi o‘rinni Nukus shahri va uchinchi o‘rinni Xo‘jayli tumani jamoalari egallashdi.


Musobaqaning taqdirlash marosimida Qorao‘zak tumani hokimi A.Baymuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari A.Qalbayev bir qator mas’ul vakillar ishtirok etib, g‘olib jamoalarni samimiy muborakbod etdi.

G‘olib jamoaga Jo‘qorg‘i Kenges raisi kubogi hamda tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri