Joao Pedro “Arsenal”ning transfer ro‘yxatida bo‘lgan
Biroq “Arsenal” rahbariyatida Joao Pedroning Mikel Arteta taktik tizimiga qanchalik mos tushishi borasida shubhalar bo‘lgan va transfer amalga oshmagan.
“Chelsi” hujumchisi Joao Pedro yozgi transfer oynasida Londonning yana bir grandi — “Arsenal” qiziqishiga sabab bo‘lgan.
BBC jurnalisti Sami Mokbel ma’lumotiga ko‘ra, “kanonirlar” braziliyalik futbolchini “Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvaresga muqobil variant sifatida ko‘rib chiqqan. Alvares avvalroq “Arsenal”ning ustuvor transfer maqsadlaridan biri bo‘lgan.
Biroq “Arsenal” rahbariyatida Joao Pedroning Mikel Arteta taktik tizimiga qanchalik mos tushishi borasida shubhalar bo‘lgan va transfer amalga oshmagan.
24 yoshli hujumchi avgust oyida “Chelsi” bilan 2034-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi. Uning transfer qiymati 80 million yevroga baholanmoqda.