Superliganing 20-turida gollar bo‘yicha mavsum rekordi yangilandi
Turning eng sermahsul uchrashuvi Qarshida kuzatildi.
O‘zbekiston Superligasining 20-turi tomoshabop va gollarga boy uchrashuvlari bilan ajralib turdi. Sakkizta bahs davomida darvozalar jami 29 marta ishg‘ol qilindi va bu 2026-yilgi mavsum uchun yangi rekord bo‘ldi.
Turning eng sermahsul uchrashuvi Qarshida kuzatildi. "Nasaf" chempionat peshqadami "Neftchi" darvozasiga oltita gol urib, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Jizzaxdagi bahs ham yettita gol bilan yakunlandi — "So‘g‘diyona" "Mash’al"ni 5:2 hisobida taslim etdi. "Qizilqum" va "Buxoro" uchrashuvida beshta gol qayd etilib, navoiyliklar 3:2 hisobida ustun keldi. "Paxtakor" esa "Andijon"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, 20-tur sermahsullik borasida mavsumning avvalgi eng yaxshi natijasini ortda qoldirdi. Bungacha 13 va 17-turlarda jamoalar 28 tadan gol urgan edi.
