Jizzaxda Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda
FOTOREPORTAJ
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Jizzax shahridagi «Xotira xiyoboni»da tantanali tadbir tashkil etildi.
Erta tongdan xiyobon atrofida bayramona muhit hukm surib, tadbirga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, nuroniylar, harbiy xizmatchilar hamda keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi.
Marosimda viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev boshchiligida ishtirokchilar «Motamsaro ona» haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz hamda Vatan tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan mard o‘g‘lonlar xotirasini yod etdi.
Tadbir davomida mehnat faxriylari va nuroniylar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Ularning ibratli hayot yo‘li va mehnat faoliyati yoshlar uchun haqiqiy jasorat va sadoqat namunasi ekani ta’kidlandi.
[gallery-29316]
Qayd etilganidek, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA