JCH-2026: Argentina Jazoir darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritdi
Bahsda Lionel Messi xet-trik qayd etdi.
Jahon chempionati 1-turida Argentina Jazoirga qarshi maydonga tushdi va yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bahsda Lionel Messi xet-trik qayd etdi. 39 yoshli argentinalik megayulduz 17, 60 va 76-daqiqalarda o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Argentina «J» guruhida 3 ochko bilan peshqadam bo‘lib oldi. Toshkent vaqti bilan 09:00 da guruhning boshqa vakillari Avstriya va Iordaniya o‘zaro o‘yin o‘tkazadi.