Jasorat: Otabekov Anvarjon Mashrabboyevich (+video)
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
Kichik serjant Otabekov Anvarjon Mashrabboyevich 1982-yil 18-oktabr kuni Andijon viloyatining Marhamat tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan.
Otasi Mashrabboy aka va onasi Muborakxon opalar 4 farzand Erkinjon, Komiljon va Anvarjon, qizlari Gulchehralarni dunyoga keltirib, voyaga yetkazganlar.
1989-yil Marhamat tumanidagi 6- umumta’lim maktabning 1- sinfga o‘qishga borgan, maktabda a’lo baholarga o‘qigan.
1999-yil o‘rta maktabni tamomlagach, Marhamat tumanidagi gidromelioratsiya va suv xo‘jaligi kollejida tahsil olgan.
2000-yilda muddatli harbiy xizmatni o‘tab, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida shartnoma asosida harbiy xizmatni davom ettirgan.
2005-yil 13-may kuni Andijon shahrida terrorchi-ekstremistik guruhlarning ma’muriy binoga qilgan hujumini qaytarish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/BbOClAdQYDo" title="Jasorat: Otabekov Anvarjon Mashrabboevich" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>