Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti apellyatsiya sudida yakuniy bayonot beradi
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol ishi bo‘yicha Seul apellyatsiya sudining yakuniy majlisi boshlandi. Odil sudlovga to‘sqinlik va boshqa jiddiy ayblovlar Yolning siyosiy kelajagiga nuqta qo‘yishi mumkin.
Seul apellyatsiya sudi odil sudlovga to‘sqinlik qilish va mamlakatda qisqa muddatli harbiy holat joriy etish bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanayotgan Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol ishi bo‘yicha yakuniy sud majlisini boshladi, deb xabar bermoqda “Yonhap” axborot agentligi.
Apellyatsiya Yun Sok Yolning o‘zi va maxsus prokuror Cho En Suk jamoasi birinchi instansiya sudining besh yillik qamoq jazosi ustidan shikoyat qilganidan keyin boshlangan.
Ma’lumki, joriy yil yanvar oyida sobiq prezident hibsga olishga to‘sqinlik qilganlikda va harbiy holat rejasi bo‘yicha yig‘ilishga faqat tanlangan Vazirlar Mahkamasi a’zolarini taklif qilganlikda aybdor deb topildi. U shuningdek, harbiy holat to‘g‘risidagi farmon bekor qilingandan so‘ng, soxta e’lon hujjatini tuzgan va uni keyinchalik yo‘q qilganlikda ayblangan. Sud Yolni yolg‘on press-relizlar tarqatish ayblovidan oqladi.
Yakuniy sud majlisida dalillarni ko‘rib chiqish yakunlanadi, hukm chiqarish bo‘yicha tavsiyanoma va maxsus prokuror guruhining pozitsiyasini, shuningdek, himoyachining yakuniy so‘zlari va Yun Sok Yolning yakuniy so‘zlari tinglanadi. Iyun oyi oxirigacha hukm chiqarilishi kutilmoqda.
G.Sattorova, O‘zA