Janubiy Koreya: Boshqaruvning ma’lum va noma’lum tizimi
Janubiy Koreya yoki rasman Koreya Respublikasi Sharqiy Osiyo mintaqasida joylashgan rivojlangan davlatlardan biridir. Ushbu mamlakat iqtisodiyoti, texnologik taraqqiyoti va demokratik boshqaruv tizimi bilan dunyo yetakchilari safida e’tirof etiladi.
Koreya demokratik respublika bo‘lib, boshqaruv tizimi uch asosiy bo‘linma — ijroiya, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatiga asoslangan. Prezident davlatning birinchi rahbari hisoblanadi va xalq tomonidan saylanadi. Yetakchining vakolati juda keng: hukumatni boshqarish, qonunlarni taklif qilish, xalqaro siyosatda davlatni ifodalash va hokazo.
Qonun chiqaruvchi organ — 300 deputatdan iborat Milliy assambleya qonun qabul qilish va hukumat faoliyatini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. Sud hokimiyati esa mustaqil bo‘lib, adolatni ta’minlashga qaratilgan.
Janubiy Koreya 1987 yil inqilobidan so‘ng haqiqiy demokratik tizimga o‘tdi. Bu jarayonda fuqarolar huquqi va erkinligini himoya qilish uchun mislsiz islohotlar amalga oshirildi.
Iqtisodiyot tez o‘sishi ushbu davlatda samarali boshqaruv tizimini shakllantirish imkonini yaratdi. O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab "Koreya iqtisodiy mo‘’jizasi" atamasi yuzaga kelgan davrda iqtisodiyot jadal diversifikatsiya qilindi.
Bu o‘lkada korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, hukumat faoliyatining ochiqligi oshirilmoqda.
Shimoliy Koreya bilan doimiy geosiyosiy ziddiyat asl tomiri bir ikki xalq o‘rtasidagi sovuq munosabatni yuzaga keltirgan. Kelajakda bu hududlar tashqi ta’sirdan xalos bo‘lib, birlashish imkoniga ega bo‘ladimi? Afsuski, bu savolga hamon javob yo‘q.
Tez rivojlanayotgan iqtisodiyotga qaramay, Koreya Respublikasida ijtimoiy tengsizlik va yoshlar orasidagi ishsizlik masalalari dolzarb hisoblanadi. Ayni muammolar ijtimoiy inqirozni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Ushbu mamlakat boshqaruv tizimidagi ziddiyatlar, aksar hukmdorlar osonlik bilan ag‘darilishi ko‘pincha ijtimoiy tartibsizlikka sabab bo‘ladi.
Xullas, Janubiy Koreyada demokratiya tamoyili, iqtisodiyot barqaror o‘sishi va shaffoflik kabi jihatlar mamlakatning muvaffaqiyatlari sifatida baholanadi. Shu bilan birga ijtimoiy tengsizlik, siyosatdagi "ko‘p tarmoqlilik" kabi muammolardan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Musulmon Ziyo, O‘zA