Jalg‘asbay Berdimuradov bronza medali sohibi
Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tayotgan XX Osiyo o‘yinlarida sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari medallar jamg‘arishda davom etmoqda.
Xususan, sport kurashlarining yunon-rum dasturida 87 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Jalg‘asbay Berdimuradov bronza medali uchun qozog‘istonlik Shamil Ojayevga qarshi gilamga chiqib, zafar quchdi. Natijada O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 16 ta oltin, 17 ta kumush va 18 ta bronza, jami soni 51 taga yetdi.
Birozdan so‘ng 130 kilogramm vazn toifasida Rafael Sitsuashvili finalda eronlik Amin Mirzozoda bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA