Islombek To‘xtaboyev – jahon vitse-chempioni!
Finalgacha bo‘lgan barcha janglarni g‘alaba bilan yakunlagan hamyurtimiz hal qiluvchi bahsda nomdor raqibiga qarshi munosib kurash olib borgan holda, faxrli ikkinchi o‘rin va kumush medal sohibiga aylandi.
Mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlarini rivojlantirish hamda uni keng ommalashtirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida iqtidorli sportchilarimiz xalqaro arenalarda salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda.
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida kamolgan yetgan matonatli sportchi Islombek To‘xtaboyev Gruziya davlatida o‘tkazilgan para dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini munosib tarzda himoya qildi.
O‘zining kuchli irodasi, matonati va yuksak davrajadagi shijoatini namoyon eta olgan Islombekning oltinga teng muvaffaqiyati nafaqat sportchimizning shaxsiy yutug‘i, balki mard pahlavonlar yurti – to‘raqo‘rg‘onliklar uchun ham katta faxrdir.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri