Jahon chempionatida sambochilarimiz ikki bronza medalga ega chiqdi
Sambochilarimizning bugunga kelib qo‘lga kiritgan medallari soni 2 tadan kumush va bronzaga yetdi.
Rossiya poytaxti Moskva shahrida harbiy xizmatchilar o‘rtasida sambo bo‘yicha jahon chempionati bahslari vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari -58 kg. vazn toifasida Munis Baxtiyorov, -88 kg. vaznda esa Sodiq Bo‘ronboyev shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, chemponatning ilk kunida 64 kilogramm vazn toifasida Sohibjon Nugmanov bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, -98 kilogramm vaznda Shohjahon Ahmadjonov kumush medal bilan taqdirlangan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA