Jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoalar turnir davomida qancha mablag‘ ishlab topishi e’lon qilindi
Joriy yilning iyun va iyul oylarida Amerika qit’asining 3ta davlati AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlari futbol bo‘yicha jahon chempionati bahslariga mezbonlik qiladi.
Jahon chempionatida terma jamoalar qancha mablag‘ ishlab topishi taqsimlab chiqildi. Unga ko‘ra, musobaqada chempionlikni tantana qilgan terma jamoa 50 million dollar ishlab oladi. Finalgacha yetib kelib, mag‘lub bo‘lgan yurt vakillariga 33 million dollar nasib etadi. Bronza medallariga ega chiqqan terma jamoa esa 29 million dollarni qo‘lga kiritsa, kuchli to‘rtlikdan joy olgan terma 27 million dollari o‘ziniki qiladi. 5-8-o‘rinlarni egallagan jamoalarga esa 19 million dollardan mukofot puli taqdim etiladi. Bundan tashqari, nimchorak final bosqichigacha yetib kelgan har bir terma jamoa 15 million dollar miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritadi. Guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan jamoalarga esa 11 million dollardan taqdim etiladi. Shu bilan bir qatorda, mundialda ishtiroki uchun har bir jamoa 9 million dollar miqdoridagi pulni qo‘lga kiritadi. FIFA mundial uchun umumiy 727 million dollar mukofot pullarini sarflaydi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati bahslari 11-iyun kuni start oladi.
Ushbu maqola jch.uza.uz saytida e’lon qilingan. Shunga o‘xshash maqolalarni ushbu saytda o‘qishingiz mumkin.