Jahon chempionati. Shveysariya mundialni minimal hisobdagi g‘alaba bilan boshladi
Shu tariqa, Shveysariya o‘z hisobiga 3 ochko yozdirib qo‘ydi.
Jahon chempionatining birinchi tur bahslari davom etmoqda.
"B" guruhidan joy olgan Shveysariya va Qatar terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Qatar terma jamoasi darvozasiga penalti belgilandi. To‘p oldiga yaqinlashgan shveysariyalik Brel Embolo zarbada adashmadi va uchrashuvda hisobni ochdi. Goldan so‘ng ham "qizillar" ko‘plab hujumlar tashkil etganiga qaramay to'p darvozadan joy olmadi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan 4-daqiqada esa Boalem Xuhi hisobni tenglashtirdi va Qatarga 1 ochko taqdim etdi.
