Mourinyo Vinisiusning «Real»da qolishini istamoqda
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatiga Vinisiusni jamoada saqlab qolishni istashini bildirgan.
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo braziliyalik vinger Vinisius Juniorning yozgi transfer oynasida jamoani tark etishiga qarshi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatiga Vinisiusni jamoada saqlab qolishni istashini bildirgan.
Avvalroq braziliyalik futbolchiga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Vinisiusning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Braziliyalik hujumchi 2018-yil yozidan buyon Madrid klubi safida to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuv o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Vinisius Juniorning transfer qiymati 140 million yevroni tashkil etadi.