Isroilda 1700-yillik marmar haykal topildi
Isroil arxeologlari tomonidan Binyamin shahri yaqinidagi tashlandiq vino zavodida taxminan 1700-yillik ikki noyob marmar byust topildi. Ushbu eksponat Tel-Aviv va Xayfa oralig‘idagi temir yo‘l izini kengaytirish loyihasi doirasida olib borilgan qazishma payti qo‘lga kiritildi.
Bo‘yi taxminan 55 sm, har biri qariyb 60 kg keladigan topilmalar qadimiy ulkan vino idishida yuzi pastga qaratilgan holda yotgan va deyarli shikastlanmagan edi.
Byustlardan birida yunon harflari bilan “Likurg” nomi yozilgani olimlarda ayniqsa qiziqish uyg‘otdi. Tadqiqotchilar fikricha, haykallar Kesariya yaqinida joylashgan Rim davriga oid hashamatli villani bezab turgan bo‘lishi mumkin. Arxeologlar mazkur topilma beqarorlik davrida yodgorliklarni talon-taroj yoki vayron qilishdan asrash maqsadida atay yashirilganiga urg‘u bergan.
To‘liq o‘rganib chiqilgach, eksponatni Tel-Avivdagi Isroil zamini muzeyida namoyish etish rejalashtirilgan.
S.Rahimov, O‘zA