Institutning “Sport kuni”da barcha faol qatnashdi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida haftaning har shanbasi – “Sport kuni” deb e’lon qilindi va institut rahbariyati va xodimlari o‘rtasida ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
2026-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bugun erta tongdan institut rahbariyati hamda 300 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi va xodimlar ishtirokida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi markaziy “Ekopark” hududida badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Sport tadbiri davomida ishtirokchilar jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda jamoaviy muhitni mustahkamlashga oid turli mashqlarni bajardi. Mashg‘ulotlar ko‘tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.
N.Usmonova, O‘zA