Ijtimoiy himoya milliy agentligi: yarim yillik natijalar aholi farovonligi yo‘lidagi izchil islohotlarni namoyon etmoqda
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ehtiyojmand qatlamlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va inson qadrini ulug‘lash Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bu borada Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar tizim samaradorligini yanada oshirishga xizmat qildi.
Qayd etilishicha, doirasida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil yanvar-iyun oylari davomida aholini ijtimoiy himoya qilish, bandlikni ta’minlash, bolalar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hisobot davrida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va ularning qamrovini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ijtimoiy sug‘urta tizimi, reabilitatsiya xizmatlari, “Kunduzgi parvarish” xizmati hamda “Yoshlarga hamrohlik” dasturi yanada rivojlantirildi. Bu esa turli ijtimoiy qatlam vakillarini manzilli qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va psixologik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha ham tizimli ishlar davom ettirildi. Bu orqali og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatga qayta moslashuviga ko‘maklashishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Yarim yillik natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatda ijtimoiy himoya tizimi faqat nafaqa va moddiy yordam bilan cheklanib qolmayapti. Balki insonning hayot sifati, mehnat bozoridagi faolligi, salomatligi, xavfsizligi va ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan kompleks yondashuv izchil amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan bunday islohotlar aholining turmush darajasini yuksaltirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash hamda mamlakatda kuchli va inklyuziv ijtimoiy himoya tizimini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA