Ibragimovich: “Bu AQShning turnirdagi eng yomon o‘yini bo‘ldi”
AQSh birinchi bo‘limga umuman kira olmadi.
Zlatan Ibragimovich JCH–2026 1/8 finalida AQSh milliy terma jamoasining Belgiya milliy terma jamoasiga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lishiga munosabat bildirdi.
"AQSh o‘zidan kuchliroq jamoaga qarshi o‘ynadi. Qog‘ozda ham Belgiya ancha kuchli edi. Bu AQShning turnirdagi eng yomon o‘yini bo‘ldi, ammo ular jiddiy raqibga qarshi maydonga tushishdi.
Boshlang‘ich tarkibni hisobga olsak, AQSh birinchi bo‘limga umuman kira olmadi. Shunga qaramay, ular o‘zlari bilan faxrlanishlari mumkin. Turnirning boshqa o‘yinlarida ular umidsizlikka uchratmadi.
Ha, bugungi natija yomon, ammo umumiy hisobda bu ular uchun yaxshi turnir bo‘ldi. Jamoa o‘z imkoniyatlarining maksimumini ko‘rsatdi. Balki omad kelganda keyingi bosqichga ham chiqishlari mumkin edi, ammo bugungi o‘yin ular uchun hushyor torttiruvchi saboq bo‘ldi", — dedi Ibragimovich.