Huquqiy ijro – iqtisodiy barqarorlik kafolati
Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, joriy yil 1-may holatiga soliq qarzdorliklarini undirishga doir umumiy qiymati 876 milliard 478 million so‘mlik 40 ming 348 ta ijro hujjati yuzasidan majburiy choralar ko‘rilgan. Natijada 463 milliard 830 million so‘mlik 14 ming 609 ta hujjat ijrosi yakunlangan. Shundan 236 milliard 783 million so‘mlik 8 ming 891 ta ijro hujjati bo‘yicha qarzdorliklar to‘liq undirilgan.
Bundan tashqari, qoldiqdagi ijro hujjatlari doirasida qarzdorlarga tegishli 203,3 milliard so‘mdan ortiq qiymatdagi 107 ta mol-mulk auksion savdolariga chiqarilgan.
Tegishli tadbirlar izchil davom etmoqda.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA muxbiri