Guvohnomalar topshirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xodimlarining huquqiy maqomini mustahkamlash va sohadagi samaradorlikni oshirish maqsadida xizmat guvohnomalarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda ta’kidlanganidek, xizmat guvohnomasi bu faqatgina hujjat emas, u har qanday holatda ham iste’molchi manfaatini qonun asosida himoya qilishi uchun berilgan rasmiy vakolat belgisidir. Xodim o‘z vazifasini bajarish jarayonida iste’molchi yoki tadbirkorga o‘zini tanishtirishi va vakolatini ko‘rsatishi shart. Bu xodim va fuqaro o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi.


Federatsiya rahbariyati xizmat guvohnomasini qabul qilib olgan barcha xodimlarni qutlab, ularning yurtimiz ravnaqi, aholi farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Dovud Abibullayev, O‘zA