Granata sotishga uringanlar viloyat departamenti tomonidan ushlandi
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) bayonot berib, Olmaota viloyatida portlovchi moslamalarni qonunga zid ravishda sotayotganlikda gumon qilingan uch fuqaroning ushlanganini ma’lum qildi.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) bayonot berib, Olmaota viloyatida portlovchi moslamalarni qonunga zid ravishda sotayotganlikda gumon qilingan uch fuqaroning ushlanganini ma’lum qildi.
Xabarlarga ko‘ra, gumondorlar viloyat departamenti tomonidan 28 may kuni granata sotishga urinayotganda ushlangan. Qo‘mita ma’lumotiga qaraganda, 8 ta RGD-5 sistemasidagi granata va uning moslamasi qo‘lga tushirilgan.
Xabarda boshqa tafsilotlar aytilmagan. Tergov olib borilmoqda, deyiladi matbuot xizmati xabarida.