OSW: Ma’lumot markazlariga qilingan hujumlar Rossiyaning texnologik qoloqligini kuchaytirmoqda
Rossiya ma’lumot markazlariga qilingan hujumlar hali mamlakat iqtisodiyotiga keng ko‘lamli ta’sir ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, texnologiya sektoridagi muammolarni kuchaytirishi mumkin. Polshadagi Sharqiy Yevropa tadqiqot markazi – OSW sharhida shundan deyilgan.
Tahlilchilar fikricha, zarar bir necha “Yandeks” ma’lumot markazi va uch “Sberbank” ma’lumot markazidan biriga ta’sir ko‘rsatdi.
Oqibat alohida onlayn xizmat uzilishidan ko‘ra jiddiyroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi tizimlar cheklangan miqdordagi ma’lumot markaziga bog‘liq. “Yandeks” xizmati to‘liq tiklanishi kamida olti oy davom etishi mumkin.
Sanoat zaifligi Kremlning ma’lumotni ichki tartibda saqlash talab qilinadigan texnologiya suvereniteti siyosati tufayli yanada kuchli sezilmoqda. Yevropa Ittifoqi doirasida server va havoyi infratuzilmadan foydalana oladigan Ukraina kompaniyalaridan farqli o‘laroq, RF korxonalari ayni imkoniyatdan mahrum. Sanksiya, import uskunaga qaramlik va G‘arb texnologiyasiga nisbatan cheklov ham qo‘shimcha to‘siq bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, hisobotda Rossiya texnologik qoloqligi keng ko‘lamli urush boshlangandan beri kuchayib borayotgani ta’kidlangan. “Yandeks”ga tegishli Rossiyaning eng kuchli kompyuteri jahon reytingida 2021-yildagi 19-o‘rindan 2026-yil iyun oyida 101-o‘ringa tushib ketgan. Agar super kompyuter uskunalariga yetkazilgan zarar haqidagi xabarlar tasdiqlansa, ortga ketish yanada tezlashishi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA