G‘oyalar biznesga aylanadigan maskan: Toshkentda UZCARD ko‘magidagi HAMROH Biznes Maktabining navbatdagi guruhi o‘qishni yakunladi
Toshkent shahrida HAMROH Biznes Maktabining rus tilida ta’lim olgan to‘rtinchi guruhi uchun o‘quv dasturi yakunlandi. HAMROH va ALPHA tomonidan UZCARD ko‘magida amalga oshirilayotgan dastur o‘z biznesini rivojlantirayotgan yoki ilk biznesini yo‘lga qo‘yishga tayyorlanayotgan ayollarni birlashtirdi.
Dastur asosini tadbirkor ayollar har kuni duch keladigan amaliy vazifalar tashkil etdi. Ishtirokchilar taklif etilgan ekspertlar bilan birgalikda bozor va maqsadli auditoriyani tahlil qildilar, pozitsiyalash vositalarini o‘rgandilar, mijozlarni jalb etishning zamonaviy kanallarini o‘zlashtirdilar, moliyaviy modellar ustida ishladilar hamda o‘z biznes loyihalarini izchil takomillashtirdilar. Ta’limning yakuniy bosqichida loyihalar himoyasi o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar amalga oshirgan ishlari natijalarini taqdim etdilar va ekspertlarning fikr-mulohazalarini oldilar.
«Har bir yangi guruh misolida dasturga bo‘lgan qiziqish hamda ishtirokchilar loyihalarining darajasi oshib borayotganini ko‘ryapmiz. HAMROH uchun nafaqat bilim berish, balki ayollarga o‘z g‘oyalarini tizimlashtirish, biznesga oid qarorlarni yanada ishonch bilan qabul qilish, qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lish, tajriba almashish va rivojlanishning yangi yo‘nalishlarini ko‘rish mumkin bo‘lgan muhitni topishga yordam berish ham muhim», — deya ta’kidladilar HAMROH vakillari.

Ta’lim loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik salohiyatini yuzaga chiqarish UZCARD ijtimoiy faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Kompaniya ayollarning yangi bilimlarni egallashi, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishi va barqaror biznes loyihalarini yaratishiga yordam beradigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, mamlakatda zamonaviy tadbirkorlik muhitini shakllantirishga hissa qo‘shmoqda.
«UZCARD uchun rivojlanish yo‘lida real imkoniyatlar yaratadigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash muhim. HAMROH Biznes Maktabi ayollarga amaliy bilimlarni egallash, tadbirkorlik ko‘nikmalarini mustahkamlash va o‘z g‘oyalarini real loyihalarga aylantirishga yordam beradi. Bunday tashabbuslar kuchli biznes hamjamiyatini shakllantirishga hamda mamlakat tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonamiz», — deya ta’kidladilar UZCARD vakillari.

ALPHA vakillari ham dastur ishtirokchilarning ehtiyoj va talablariga muvofiq ravishda rivojlanib borayotgani, shu bilan birga uning asosiy tamoyili — amaliyotda ertasi kuniyoq qo‘llash mumkin bo‘lgan bilim va vositalarni taqdim etishga yo‘naltirilganligi saqlanib qolayotganini qayd etdilar.
«Biz har bir mashg‘ulot ishtirokchilarga nafaqat yangi bilimlar, balki biznesni rivojlantirish uchun aniq va amaliy vositalarni ham taqdim etishiga intilamiz. Bunday yondashuv dastur yakuniga kelib ishtirokchilarga o‘z loyihalariga darhol joriy etish mumkin bo‘lgan puxta ishlab chiqilgan yechimlarga ega bo‘lish imkonini beradi», — deya ta’kidladilar ALPHA vakillari.

Dasturning yakuniy tadbiri HAMROH Biznes Maktabining rus tilida ta’lim olgan to‘rtinchi guruhi ishtirokchilariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘ldi. Tadbirda loyiha tashkilotchilari va hamkorlari vakillari — HAMROH bosh direktorining o‘rinbosari Sardor Yusupov, ALPHA direktori Alisher Jumaniyazov, UZCARD PR va CSR bo‘limi boshlig‘i Sabina Batirshina, shuningdek, butun o‘quv jarayoni davomida ishtirokchilarga hamrohlik qilgan taklif etilgan ekspertlar qatnashdilar.
Uchrashuv doirasida ishtirokchilar o‘z biznes loyihalari ustida olib borgan ishlarining natijalarini taqdim etdilar, orttirgan tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda o‘z bizneslarini ishonch bilan rivojlantirishga yordam beradigan amaliy bilimlarning ahamiyatini alohida qayd etdilar.

Bugungi kunda HAMROH Biznes Maktabi O‘zbekistonning turli hududlaridan bo‘lgan ayollarni tadbirkorlik, rivojlanish va tajriba almashish g‘oyalari atrofida birlashtiradigan platformaga aylanmoqda. Dastur ishtirokchilarga amaliy bilimlarni egallash, rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarni topish va biznes g‘oyalarini barqaror loyihalarga aylantirishga yordam beradi. Toshkentda o‘tkazilgan navbatdagi bosqich tashabbus ko‘lamini kengaytirish hamda o‘z biznesini yaratish, rivojlantirish va kengaytirishga tayyor bo‘lgan ayollar hamjamiyatini shakllantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ldi.
UZCARD. Qulay yashang.
Reklama huquqi asosida