G‘olib razvedkachilarimiz taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy razvedka terma jamoasi Pokiston Islom Respublikasida bo‘lib o‘tgan V Xalqaro “Jamoa ruhi” musobaqasida ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
15 mart kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparatida muzaffar harbiy xizmatchilarni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov, vazir o‘rinbosarlari va videokonfrensaloqa tarzida esa barcha harbiy okrug qo‘mondonligi vakillari ishtirok etdi.

Tantanali tadbirda mudofaa vaziri ushbu mard va jasur harbiy xizmatchilarni namuna sifatida ko‘rsatib, Qurolli Kuchlar tizimida xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilarni ana shunday fidoyilik bilan faoliyat olib borishga chaqirdi.
Jamoamiz erishgan yutuq yuksak baholanib, mudofaa vaziri tomonidan ko‘krak nishonlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi,– deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.
O‘zA