Fransiya — Norvegiya uchrashuvi oldidan Mbappe va Holandning statistikasi solishtirildi
Tahlilchilarga ko‘ra, dastlabki ikki tur yakunlari bo‘yicha forvardlarning statistikasi quyidagicha ko‘rinish olgan
Jahon chempionatining 3-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan Fransiya va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs oldidan Opta tahliliy markazi ikki superhujumchi — Kilian Mbappe va Erling Holandning turnirdagi ko‘rsatkichlarini o‘zaro solishtirdi. Bugun o‘tkaziladigan mazkur uchrashuv ushbu ikki yulduzning to‘qnashuvi bilan muhlislar e’tiborida turibdi.
Tahlilchilarga ko‘ra, dastlabki ikki tur yakunlari bo‘yicha forvardlarning statistikasi quyidagicha ko‘rinish olgan:
Gollar soni: Mbappe — 4 ta, Holand — 4 ta;
xG (kutilayotgan gollar): Mbappe — 1.99, Holand — 2.68;
Zarbalar: Mbappe — 12 ta, Holand — 10 ta;
Darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar: har ikki futbolchida 7 tadan;
Raqib jarima maydonchasi ichida to‘pga teginish: Mbappe — 17 marta, Holand — 16 marta;
Aldamchi harakatlar (dribling): Mbappe — 14 ta, Holand — 1 ta.
Fransiya va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan tuni soat 00:00'da start oladi.