Fotih Birol: Yevropada 6 haftalik reaktiv yoqilg‘i zaxirasi qoldi
Yevropada taxminan 6 haftalik reaktiv yoqilg‘i zaxirasi qolgan, dedi Xalqaro energetika agentligi bosh direktori Fotih Birol “Associated Rress” agentligiga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, agar Eron bilan bog‘liq vaziyat tufayli neft ta’minoti to‘xtatilsa, mintaqada yaqin kelajakda yoqilg‘i bilan bog‘liq holat qiyinlashishi mumkin.
- Buning oqibatlari benzin, gaz va elektr energiyasi narxlarining oshishiga olib keladi, -dedi u. - Iqtisodiy qiyinchiliklar notekis seziladi, eng ko‘p zarar ko‘ruvchi mintaqalarga asosan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlar kiradi.
Birol shuningdek, agar Hurmuz bo‘g‘ozi orqali ta’minotdagi uzilishlar uzoq vaqt davom etsa, ko‘plab davlatlar jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini ta’kidladi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirishi va ba’zi hollarda retsessiyaga olib kelishi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA