Farg‘onada Osiyo o‘yinlariga hozirlik ko‘rilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida Buvayda tumanida zamonaviy kurash sport zali foydalanishga topshirildi.
Tadbirda viloyat sport boshqarmasi va tuman hokimligi rahbarlari, sportchi va murabbiylar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
So‘z olganlar yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami hamda yangi sport inshootining foydalanishga topshirilishi bilan qutladilar.

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, Buvayda tumani sport maktabining bo‘sh yer maydonida zamonaviy kurash sport zali barpo etilib, mavjud bino va inshootlarda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.


Qurilish va ta’mirlash ishlari uchun Respublika byudjetidan 6 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Yangi kurash sport majmuasi Olimpiada o‘yinlari me’yorlarida qurilgan bo‘lib, bu yerda Osiyo o‘yinlari yoki xalqaro musobaqalarni ham o‘tkazish mumkin.
Muhammadjon Obidov,
O‘zA