Farg‘ona yoshlari Yaponiyada bilim oladi va biznes yuritadi
Yaponiyadan xabarlar
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Yaponiyada xizmat safarida bo‘lib turibdi. Yirik kompaniyalar va ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvlar, hududlararo savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish kun tartibidagi bosh masalalardir.

Hokim bugun O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida “Washin Trading Co., Ltd.” kompaniyasi rahbari Ramzan Siddiq bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov ham ishtirok etdi, deb xabar beradi elchixona telegram kanalidagi axborotda.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyatida yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini Yaponiya bozoriga tizimli ravishda yetkazib berish, eksport hajmini oshirish va hamkorlik ko‘lamini kengaytirish masalalari ham muhokama qilingan.

* * *
Farg‘onalik yoshlar uchun Yaponiyada o‘qish va ishlash imkoniyatlari kengaymoqda
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyada davom etayotgan xizmat safari doirasida “Willtec Co., Ltd.” kompaniyasi vitse-prezidenti Mizutani Tatso bilan uchrashdi. Unda zamonaviy kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Kompaniya bugungi kunda Farg‘ona davlat texnika universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, qurilish sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga hissa qo‘shmoqda.

* * *
Memorandium imzolandi Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyaning yirik kompaniyasi — “Sumitomo Corporation” vakillari bilan uchrashdi.

Samimiy muloqot chog‘ida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari xususida so‘z yuritildi.
Viloyat hokimi Farg‘onaning investitsion muhiti, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Uchrashuv chog‘i o‘zaro xamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandiumi imzolandi.
Muxammadjon Obidov O‘zA