Estoniyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, milliy qadriyat va an’analarimizni targ‘ib qilish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasida Estoniyaning Narva shahrida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan yutuqlar, O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasidagi do‘stlik, an’analar hamda bayramlarni birgalikda nishonlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi va Birodar shaharlar alyansi hamkorligida vatandoshlar ishtirokida yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi, deyiladi qo‘mita ma’lumotida.
Ushbu tashabbuslar xalq diplomatiyasini rivojlantirish va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
A.RUSTAMOV,
O‘zA