Estevao “Chelsi”dagi o‘yin vaqtidan xavotirda
Braziliyalik vinger joriy APL mavsumidagi ikki uchrashuvda jami 7 daqiqa maydonda harakat qildi.
“Chelsi” vingeri Estevao Villian jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso qo‘l ostida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmay qolishidan xavotirda. Bu haqda ESPN Brasil xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 19 yoshli braziliyalik futbolchi qanotdan ko‘ra markazga yaqinroq pozitsiyada o‘ynashni afzal ko‘radi. Estevao qanotda jismoniy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablar yuqoriroq ekanini hisobga olib, mushak massasini oshirish uning yengilligi va texnikaga asoslangan o‘yin uslubiga salbiy ta’sir qilishidan xavotirda.
Shunga qaramay, Estevao Londondagi hayotidan va “Chelsi”dagi faoliyatidan mamnun hamda hozircha klubni tark etishni istamaydi. Biroq Xabi Alonso unga muntazam imkoniyat bermasa, futbolchi yanvar oyida transfer so‘rashi mumkin.
Estevao joriy APL mavsumidagi ikki uchrashuvda jami 7 daqiqa maydonda harakat qildi. Liga kubogida “Luton”ga qarshi bahsni esa asosiy tarkibda boshlab, 80-daqiqada almashtirildi.