Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochib, urushni tugatishni taklif qildi (+video)
Yaqin Sharqdagi keskinlik, Hindistondagi aviahodisa va tabiiy ofatlar — kunning asosiy xorij xabarlari
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1vQJp9oU84U" title="Eron Hurmuz bo`g`ozini ochib, urushni tugatishni taklif qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Dunyoning turli hududlarida keskin voqealar davom etmoqda. Livan janubida Isroil harbiylari tomonidan infratuzilmaga zarar yetkazilgani haqidagi xabarlar tarqaldi — quyosh panellari, suv ta’minoti tizimlari va turar joylarga ziyon yetgani aytilmoqda. Hindistonda esa 232 yo‘lovchilik samolyot uchish vaqtida dvigatelida yong‘in chiqishi ortidan favqulodda to‘xtatildi, bir necha kishi jarohat oldi. Shu bilan birga, Eron AQSHga Hurmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha murosaviy taklif bilan chiqib, harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi, biroq tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar saqlanib qolmoqda.
Tabiiy ofatlar va ichki mojarolar ham talafotlarga sabab bo‘lmoqda. Bangladeshda kuchli bo‘ron vaqtida yashin urishi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi. Chadda esa suv manbai ustidagi oddiy tortishuv yirik to‘qnashuvga aylanib, 42 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Shu bilan birga, Shri-Lankada rohiblar ishtirokidagi yirik narkotik kontrabanda fosh etilib, 100 kilogrammdan ortiq taqiqlangan modda musodara qilindi. Mutaxassislar bu voqealar global xavfsizlik, iqlim va ijtimoiy muammolar tobora murakkablashib borayotganini ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.
Nozimbek Mardonov, Salim Obidjonov, O‘zA.