«Taşabbusli byudjet» mablağlari yöllar ravonligiga xizmat qilmoqda
Namangan viloyati Töraqörğon tumanida “Taşabbusli byudjet” loyihasi doirasida içki yöllarni taʼmirlaş va aholi uçun qulay infratuzilma yaratiş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Joriy yilgi loyihaning birinçi mavsumida tuman böyiça 12 ta taşabbus ğolib deb topildi. Ularning barçasi içki yöllarni asfaltlaşga qaratilgan bölib, bu maqsadlar uçun 19 milliard 775 million söm mablağ sarflandi.
Ikkinçi mavsumda esa 14 ta loyiha ğolib böldi. Ularning 12 tasi yöl infratuzilmasini yaxşilaşga yönaltirilib, 14 milliard 955,6 million söm mablağ ajratildi. Qolgan ikki loyiha doirasida tibbiyot va sport muassasalarini taʼmirlaş, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş közda tutilgan.
Tumandagi Yuqori Möğultoy mahallasida ham mazkur loyiha doirasida içki yöllarni asfaltlaş işlari olib borilmoqda.
– Yuqori Möğultoy sanoat korxonalari va erkin iqtisodiy zona obʼektlari joylaşgan mahallalardan biri, - deydi mahalla raisi Ravşan Ergaşev. – “Taşabbusli byudjet” loyihasi asosida Hamza va Hamza-1 köçalarini asfaltlaş işlari boşlandi. Bundan avval Yunus Rajabiy va Fuzuliy köçalari ham asfaltlangan edi. Bu işlar mahallamiz qiyofasini yanada obod etib, aholiga qulaylik yaratmoqda.
[gallery-32329]
Amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari natijasida mahallalarda yöl infratuzilmasi yaxşilanib, aholi va transport vositalarining xavfsiz hamda qulay harakatlanişi uçun şaroit yaratilmoqda.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA