Doniyor Turg‘unboyev Osiyo o‘yinlarida bronza medali sohibi bo‘ldi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 1 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronzaga yetdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Osiyo o‘yinlarida ushu bo‘yicha -75 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Doniyor Turg‘unboyev yarim finalga qadar o‘tgan bellashuvlarda g‘alaba qozondi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval ushu dasturining -56 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Saydullo Abdurashidov ham bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA