Doim gavjum to‘garaklar
Buxoro shahridagi 38-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
1 ming 331 nafar o‘g‘il-qiz saboq olayotgan ushbu zamonaviy ta’lim maskanida darsdan tashqari fan, sport va kasb-hunarga yo‘naltirilgan 18 to‘garak tashkil etilgan. To‘garak xonalari barcha zarur o‘quv anjomlari, ko‘rgazmali vositalar va adabiyotlar bilan ta’minlangan.