Jadidlarga munosib avlod
Namanganda umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtasida anʼanaviy ravişda ötkazib kelinayotgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqiçi ötkazildi.
Prezidentimizning 2025-yil 8-sentabrdagi “Maktabdan taşqari taʼlim tizimini yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida taşkil etilgan uşbu tanlov maʼrifatparvar jadid bobolarimizning ibratli hayoti, faoliyati va boy merosini keng tarğib etiş, öquvçilarning tarixiy tafakkuri, kitobxonlik madaniyati hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirişga qaratildi.

Tadbir avvalida Namangan viloyat hokimining örinbosari Otabek Bozorov tanlov qatnaşçilariga omad va zafarlar tiladi.

Qayd etiş joiz, viloyat böyiça tanlovda iştirok etiş uçun jami 61 ming 489 nafar öquvçi röyxatdan ötdi. Saralaş bosqiçlari yakunida tuman va şahar bosqiçlarida birinçi örinni egallagan 28 öquvçi viloyat bosqiçida bahslaşdi.

Iştirokçilar 6-8 hamda 9-10-sinflar toifalari böyiça boşqotirma, asar tahlili va inşo şartlari asosida öz bilim va salohiyatini sinovdan ötkazdi.

Tanlov yakunlariga köra, birinçi yoş toifasida Çortoq tumanidan Sabrina Otavaliyeva ğoliblikni qölga kiritdi. Uyçi tumanidan Nargiza Adaşaliyeva faxrli ikkinçi, Pop tumanidan Dilnavoz Neʼmatjonova uçinçi örinni egalladi.

Ikkinçi yoş toifasida Yangiqörğon tumanidan Nafosat Isoqjonova zafar quçdi. Davlatobod tumanidan Ruhşona Abduğaniyeva ikkinçi öringa munosib körildi. Uçinçi örin esa Çortoq tumanidan Röziahmad Abduvaliyevaga nasib etdi.

Tanlov ğoliblari Respublika final bosqiçida Namangan viloyati şarafini himoya qilişadi.
Oqilxon Dadaboyev,
ÖzA muxbiri