Didye Drogba: "Yamal sen madaniyating bilan faxrlanishing kerak"
Lamin Yamalni "transfermarkt" portali 200 million yevroga baholagan.
Londonning "Chelsi" klubi afsonasi Didye Drogba Ispaniya terma jamoasi hamda Kataloniyaning "Barselona" klubida faoliyat olib borayotgan Lamin Yamalni qo‘llab quvvatladi.
"Sen madaniyating va kimliging bilan faxrlanishing kerak. Har doim va har qachon" - deya izoh qoldirdi ijtimoiy tarmog‘idagi postiga. Avvalroq, Lamin Ispaniya va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi nazorat uchrashuvidan so‘ng bayonot bergan. 18 yoshli futbolchi murojaatida "qizil furiya" muxlislarining haqidagi hayqirig‘ini qoralagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamalni "transfermarkt" portali 200 million yevroga baholagan. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yozida yakuniga yetadi.