Jahon chempionati oldidan bir nechta qoidalarga o'zgartirishlar kiritildi
Endi darvozabonlar, zahiraga olingan futbolchilar va to’pni yon chiziqdan o’yinga kiritadigan futbolchilar vaqtni cho’za olishmaydi.
Yoz faslida start oladigan jahon chempionati bahslariga ham oz fursat qoldi. Aynan shu mundial oldidan bir nechta qoidalarga o'zgartirishlar kiritildi.
Endi darvozabonlar, zahiraga olingan futbolchilar va to’pni yon chiziqdan o’yinga kiritadigan futbolchilar vaqtni cho’za olishmaydi.
Bundan tashqari, Afrika kubogi finalida bo’lgan vaziyatlar JCH o’yinlarida ham qaytarilmasligini ta’minlash maqsadida, FIFA o’yin paytida hakam qaroridan norozi bo’lib, maydonni tark etadigan jamoalarni qizil kartochka va texnik mag’lubiyat bilan jazolashi mumkinligi haqida xabarlar chiqmoqda.
JCH o’yinlarida nafaqat yaxshi o’yin, balki ehtiyotkorlik ham talab etiladi.