Dembele: Odamlar unga nisbatan juda adolatsiz munosabatda bo‘lishdi
Mbappega nisbatan bunchalik qat’iy talablar qo‘yish kerak emas.
Fransiya milliy terma jamoasi vingeri Usmon Dembele jamoadoshi, "Real" hujumchisi Kilian Mbappe haqida gapirib, uning manzilinga aytilayotgan tanqidlar ko‘p hollarda bo‘rttirib yuborilishini ta’kidladi.
"Odamlar unga nisbatan juda adolatsiz munosabatda bo‘lishdi. Biz Kilianni tanqid qilishga haddan tashqari berilib ketamiz, vaholanki u ajoyib futbolchi. Mbappe maydon tashqarisida ham ajoyib inson, men uni juda ko‘p yillardan buyon taniyman. Ba’zida odamlar uni haddan tashqari qattiq tanqid qilishadi. Bunga shunchaki gap Kilian Mbappe haqida ketayotgani sabab bo‘ladi, xolos.
Unga nisbatan bunchalik qat’iy talablar qo‘yish kerak emas. Xohlasa — butsasi ipini bog‘lasin, xohlamasa — yo‘q. Xohlasa getrasini yuqoriga ko‘tarsin, xohlasa tushirib yursin. Bularning barchasi oshib tushmoqda! Mbappe, eng avvalo, inson va shu bilan birga favqulodda iqtidorga ega futbolchidir. U bizning yetakchimiz, Fransiya terma jamoasi sardori va biz uchun juda muhim o‘yinchi", — deya Dembelening so‘zlarini keltirmoqda Actu Foot nashri X ijtimoiy tarmog‘ida.