Chustda sport infratuzilmasi yana bir zamonaviy inshoot bilan boyidi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chust tumani Navro‘z mahallasi hududidagi Sport maktabida Davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan zamonaviy mini-stadion foydalanishga topshirildi.
Tadbirkorlik tashabbusi asosida amalga oshirilgan loyiha uchun tashabbuskor tadbirkor Umidjon Ismatullayev tomonidan 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Yangi sport inshootida yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va turli musobaqalarni o‘tkazishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
[gallery-31027]
Mini-stadionning ochilish marosimida Chust tumani hokimi B. Salimjonov ishtirok etib, bu yerda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Yangi sport maskani yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va hududda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA