Chust tumani soliq inspeksiyasi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chust tumanida yashovchi, 1992 y.t. ayol savdo sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat ish yurituvchisining ishonchiga kirib, MCHJning 376,6 mln so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligini ushbu tizimda ishlovchi tanishlari yordamida bartaraf qilib berish evaziga, undan 20 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur noqonuniy ishga Chust tumani soliq inspeksiyasining bosh inspektori aloqador ekanligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.