Çirçiq şahri: muammolar, rejalar va yutuqlar
Çirçiq şahrida sanoat, xizmat körsatiş va tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun yetarli salohiyat va imkoniyatlar mavjud. Biroq iqtisodiy körsatkiçlardagi ösişning özi bilan kifoyalanib bölmaydi. Işlab çiqariş quvvatlaridan töliq foydalaniş, faoliyati töxtagan korxonalarni qayta tiklaş, yangi iş örinlari yaratiş va mahallalarda kambağallikni qisqartiriş borasida hali bajarilişi lozim bölgan vazifalar talaygina. Ayni jihatlar şaharning joriy yil töqqiz oylik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş yakunlari muhokamasida tanqidiy tahlil qilindi.
Hududiy boşqarmalar, tegişli taşkilotlar rahbarlari, faollar, mahalla yettiligi, taʼlim va soğliqni saqlaş muassasalari masʼullari iştirok etgan yiğilişda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kun tartibidagi masalalar yuzasidan tahliliy-tanqidiy maʼruza qildi.

Tahlillar ayrim iqtisodiy körsatkiçlarda ösişga erişilganini körsatsa-da, yirik korxonalar faoliyati, kiçik biznes, mahallalardagi mikroloyihalar va infratuzilma masalalarida qator kamçiliklar saqlanib qolayotganini körsatadi. Jumladan, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida şaharda sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 16,9 trillion sömni taşkil etib, ösiş surʼati 112,8 foizga yetgan. Xizmatlar sohasida esa 3,8 trillion sömlik xizmat körsatilib, 118,1 foizlik ösiş qayd etilgan.
Biroq ayrim yirik korxonalarda işlab çiqariş hajmi pasaygan. Xizmatlar sohasida ham 10 ta korxonada jami 34,5 milliard sömlik pasayiş qayd etilgan. Kiçik biznesdagi holat ham jiddiy eʼtibor talab etadi. Şahardagi 3 ming 821 ta kiçik biznes subʼektining 22,8 foizi bugungi kunda faoliyat körsatmayapti. Şuningdek, 8 ta korxonada çakana savdo hajmi 26,1 milliard sömga kamaygan. Kommunal xizmatlar sohasidagi debitor qarzdorlik 12,3 milliard sömni taşkil etmoqda. Qarzdorlikning asosiy qismi boşqaruv servis kompaniyalari hissasiga töğri keladi.

Köp kvartirali uylarni saqlaş va taʼmirlaş masalasi ham muhokama markazida böldi. Joriy yilning töqqiz oyida bu borada 210 ta murojaat kelib tuşgan. Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida dasturga kiritilgan 158 ta uyning 97 tasida işlar töliq yakunlangan. Qolgan 61 tasida esa taʼmirlaş va obodonlaştiriş işlari davom etmoqda.
Çirçiq şahri 177 ming 789 nafar aholi istiqomat qiladigan, yirik sanoat salohiyatiga ega hududlardan biri hisoblanadi. Bu yerda yangi iş örinlari yaratiş va aholi daromadlarini oşiriş uçun imkoniyatlar yetarli. Xususan, doimiy iş örinlari yaratiş böyiça yillik reja 6 ming 18 tani taşkil etgan bölib, hisobot davrida uşbu körsatkiç 106,1 foizga bajarilgan. Şunga qaramay, şaharda işsizlik darajasi 3,8 foizni taşkil etdi. Ularning 1 ming 636 nafari xotin-qizlardir.

Bugungi kunda şahardagi 39 ta mahallaning 23 tasi kambağallik va işsizlikdan xoli hududga aylangan. Yil yakuniga qadar barça mahallalarda uşbu natijaga erişiş vazifasi belgilangan. Biroq Humo, Semurğ, Turon, Nur va Umid mahallalarida kambağallik darajasi şaharning örtaça körsatkiçidan yuqoriligiça qolmoqda.
Bu esa mahallalarda işlarni manzilli taşkil etişni, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanişni talab qiladi. Xususan, mikroloyihalarni amalga oşiriş, faoliyati töxtagan tadbirkorlik subʼektlarini qayta işga tuşiriş, aholi uçun barqaror daromad manbalarini yaratiş va işsiz fuqarolarni band qilişga alohida eʼtibor qaratiş zarur. Şu sababli şahar mahallalariga viloyatdan masʼullar biriktirilib, ikki kun davomida ulardagi mavjud muammolar turli yönalişlar böyiça örganildi. Amalga oşirilgan işlar va aniqlangan muammolarni bartaraf etiş yuzasidan belgilangan çora-tadbirlar haqida Kasaba uyuşmalari viloyat kengaşi raisi Sayyora Fayziyeva batafsil maʼlumot berdi.

Yiğilişda ijtimoiy soha taşkilotlari va muassasalari faoliyatida aniqlangan kamçilik hamda nuqsonlarni bartaraf etiş yuzasidan ham takliflar bildirilib, masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi.
Muhokama yakunida şahardagi mavjud muammolarni bartaraf etiş, iqtisodiy körsatkiçlarni yaxşilaş, faoliyati susaygan korxonalar işini tiklaş, mahallalarda kambağallikni qisqartiriş va aholi bandligini oşiriş böyiça masʼullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
A.Musayev,ÖzA