Bo‘lajak Qonun himoyachilari
Namangan yuridik kollejida 2 ming 216 nafar o‘g‘il-qiz huquqni himoya qilish, ijtimoiy muhofaza qilish huquqshunosi, xo‘jalik masalalari bo‘yicha huquqshunos yo‘nalishlarida tahsil olmoqda.
Zamonaviy sharoitlar yaratilgan o‘quv maskanida olib borilayotgan mashg‘ulotlarda komputer, lingafon, multimedia vositalaridan keng foydalaniladi. O‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqti 100 ga yaqin fan to‘garagi va 13 sport seksiyasida mazmunli o‘tmoqda.
Bitiruvchilar uchun maxsus burchak tashkil etilgan bo‘lib, unda viloyat korxona, tashkilot va muassasalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berib boriladi.