Baxmalda aholiga xavfsizlik qoidalari tuşuntirilmoqda
Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi mahallalarda kuz-qiş mavsumida yonğin va is gazidan zaharlanişning oldini olişga qaratilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar ötkazilmoqda. Unda köp qavatli uylar va hovli joylarda yaşovçilarga isitiş va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalaniş qoidalari tuşuntirilmoqda.
Jumladan, Ösmat şaharçasidagi Döstlik mahallasida aholi bilan manzilli tuşuntiriş işlari olib borildi. Fuqarolarga isitiş moslamalaridan töğri foydalaniş va ularni soz holatda saqlaş böyiça tavsiyalar berildi.

Şuningdek, elektr tarmoqlaridan foydalanişda ehtiyot çoralariga amal qiliş zarurligi taʼkidlandi. Is gazidan zaharlaniş xavfi va yonğin kelib çiqişining oldini oliş çoralari tuşuntirildi. Favqulodda vaziyatlarda töğri harakatlaniş tartibi ham eslatildi.

Bunday profilaktik işlar aholi hayoti va salomatligini muhofaza qiliş, mavsumni xavfsiz ötkazişga xizmat qiladi.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri