Avtomobil sanoati kichik mutaxassislari
Samarqand avtomobilsozlik kollejini joriy o‘quv yilida 254 nafar o‘quvchi tamomlaydi.
Samarqand avtomobilsozlik kollejini joriy o‘quv yilida 254 nafar o‘quvchi tamomlaydi.Yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha 180 dan ziyod korxona-tashkilotlar bilan uch tomonlama shartnoma tuzilgan bo‘lib, ayni kunlarda kollej bitiruvchilari bo‘lajak ish joylarida amaliyot o‘tamoqda. Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan 40 nafar o‘quvchiga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit ajratiladi.
– Kollejda avtomobillarni yig‘ish va sinash mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oldim, – deydi Farrux Sayfullayev. – Hozirda “JV MAN Auto-Uzbekistan” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonada ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayapman. Diplomni olgach, tuzilgan kelishuvga ko‘ra ushbu korxonada mehnat faoliyatimni boshlayman.