AQSHda SIni to‘sib qo‘yish bo‘yicha qonun loyihasi ilgari surilmoqda
“Anthropic” yozdan buyon AQSH Kongressiga taqdim etish uchun sun’iy intellekt tizimini tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasini ilgari surmoqda, deb yozgan “Politico” nashri.
Mazkur hujjat hukumatga SI modellari yaratilishi yoki qo‘llanishini to‘sib qo‘yishga imkon beradi. Buning uchun ekspertlar hay’ati tizim 1 milliard dollar zarar yetkazishi yoki “50 dan ortiq odamning o‘limi yoki jiddiy jarohat olishi” xavfini tug‘dirishi mumkinligini isbotlashi kerak.
Tahdid biologik qurolni yasash va ishga solish, model ishlab chiquvchi nazoratidan chiqib ketishi yoki kiber hujum bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin.
AQSH Savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan mustaqil ekspertlar mavjud xavfni aniqlashi kutilyapti. Vaziyatga berilgan baho asosida departament loyihani muzlatish uchun sudga murojaat qilishi ehtimoli bor. Shuningdek, tashabbus ishlab chiquvchidan ichki xavfsizlik bo‘limi yaratish, model ishlashi bo‘yicha hisobot nashr etish, qoidabuzarlikni oshkor qilgan xodimni javobgarlikdan himoya qilish va har qanday jiddiy nosozlik haqida Savdo vazirligiga darhol xabar berishni ham taqozo etadi.
Qonun loyihasida belgilangan qoida o‘tgan yil Kaliforniyada qabul qilingan sun’iy intellektni tartibga solish qonunida ham aks etgan.
S.Rahimov, O‘zA