AQSH Eronga qarshi harbiy zarbalar berish rejalarini tayyorlamoqda
Oq uy rahbari Donald Tramp 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarga qadar Eronga hujum qilinmasligini ma’lum qilganiga qaramay, amerikalik harbiylar ushbu mamlakatga qarshi zarba berish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
“Anadolu” axborot agentligi yozishicha, Qo‘shma Shtatlar harbiy-dengiz kuchlarining uchta aviatashuvchi kemasi Yaqin Sharq tomon harakatlanmoqda.
Ayni paytda AQSH harbiylari Eronning dron va raketa arsenallari, energetika ob’ektlari hamda boshqa harbiy nishonlariga zarba berish rejalarini ishlab chiqmoqda.
Ehtimoliy nishonlar orasida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining qo‘mondonlik markazlari va shtab-kvartiralari ham tilga olingan. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH tomoni ushbu harbiy harakatlarni Kongress oraliq saylovlaridan so‘ng amalga oshirishni mo‘ljallamoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA