“Amir Temur va temuriylar merosi” ilmiy seminari o‘tkazildi (+video)
Fanlar akademiyasi Tarix institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi 2026-yil 5-fevraldagi PQ-46-qarorining 1-ilovasi 2-bandida belgilangan “Amir Temur va temuriylar merosi” doimiy xalqaro ilmiy seminarining birinchi yig‘ilishi uyushtirildi.
Unda dunyoning 10 dan ortiq mamlakatlaridan, xususan, O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya, Eron, Turkiya, Pokiston, AQSH, Kanada, Italiya, Germaniya, Fransiya, Avstriyadan 60 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etishdi.
Seminar davomida Amir Temur va Temuriylar davrini o‘rganishdagi ilmiy tadqiqotlarni maqsadli olib borish orqali Temuriylar saltanatining ijtimoiy-iqtisodiy holati, hunarmandchilik va ishlab chiqarish sohalari hamda madaniy ta’sirini to‘liq tasavvur qilish uchun imkon bo‘lishiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, kelgusi tadqiqotlar uchun muhim takliflar ilgari surilib, jumladan, Temuriylar davrini tizimli o‘rganishda paleoekologiya, GIS-texnologiyalar va paleoepidemiologiya bilan birga o‘rganishni, ishlab chiqarish markazlarini izlashni, shu bilan birga temuriylar saltanatining to‘liq arxeologik xaritasini yaratishning dolzarbligi ko‘rsatib berildi.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/c82LS2mtG8A" title="“Amir Temur va temuriylar merosi” ilmiy seminari o`tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA